O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 5-marotaba JCHga chiqdi

Aslanov Jasurbek
11 mar 2023, 22:11
Bugun, 11 mart kuni O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo Kubogi chorak finalida Avstraliyaga qarshi bahs o'tkazdi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Ekstra taymlarda gol urilmadi, penaltilar seriyasida O'zbekiston yoshlar terma jamoasining qo'li baland keldi va ular may oyida Indoneziyada o'tkaziladigan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

Bu mundial O'zbekiston yoshlar terma jamoasining 5 jahon chempionati bo'ladi. Bungacha o'zbekistonlik yoshlar 2003, 2009, 2013 va 2015 yillardagi U20 jahon chempionatlarida ishtirok etishgan. 2013 va 2015 yillarda O'zbekiston U20 terma jamoasi guruhdan chiqib, chorak finalda musobaqani tark etishgan.

Ayni damda Indoneziyada o'tadigan mundialda ishtirok etuvchi 22ta jamoa nomi ma'lum bo'ldi:

Indoneziya, Angliya, Fransiya, Isroil, Italiya, Slovakiya, Dominikan Respublikasi, Gvatemala, Gonduras, AQSH, Fiji, Yangi Zelandiya, Braziliya, Kolumbiya, Ekvador, Urugvay, Gambiya, Nigeriya, Tunis, Iroq, O'zbekiston.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia