O'zbekiston - Yangi Zelandiya. Farg'onadagi uchrashuv soat 16:00da boshlanadi

Narzulla Saydullayev
23 mar 2015, 11:18
30 may kuni boshlanadigan Jahon Chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-20 terma jamoasi Yangi Zelandiya U-20 jamoasiga qarshi aprel oyida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirgan.
Ma'lumki, O'zbekiston Futbol Federatsiyasi mamlakatda futbolni yanada ommalashtirish, yurtimizning barcha hududlarida futbol ixlosmandlari katta futbol uchrashuvlaridan bahramand bo'lishlarini taminlash yo'lida ish olib bormoqda.

Ushbu siyosatni amalga oishirishdagi yana bir qadam sifatida Yangi Zelandiya U-20ga qarshi dastlabki uchrashuv Farg'ona shahrida yaqinda qurib bitkazilgan, zamonviy "Istiqlol" stadionida o'tkazishga qaror qilindi. O'yin 3 aprel kuni, soat 16:00da boshlanadi.

Bu jamoalar o'rtasidagi ikkinchi uchrashuv 6 aprel kuni bo'lib o'tadi.

Ikkinchi uchrashuv qaysi stadionda o'tkazilishi tez orada ma'lum qilinadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com