O'zbekiston - Xitoy uchrashuvi hakamlari bilan tanishing

Narzulla Saydullayev
10 okt 2016, 12:16
11 oktyabr kuni JCH-2018 saralashi doirasidagi O'zbekiston va Xitoy uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bu o'yinni Shri-Lanka mamlakatida tug'ilgan hakam boshqarib boradigan bo'ldi. Bosh hakam Xettikamkanamge Perera 2004 yildan buyon xalqaro o'yinlarda ishlab kelmoqda. U hozirga qadar O'zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlarda ishlamagan.


O'zbekiston - Xitoy
11 oktyabr 2016. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:00
Hakamlar:
Xettikamkanamge Dilan Perera, Palliya Guruge Priyanga Namal, Palitya Xematuxunga, Kuttiappa Rajakrishna (barchasi Shri-Lanka)
Komissar: Bakir Abdul Xoliq (Livan)
 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi o'yin 11 oktyabr kuni soat 18:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia