O'zbekiston va Qozog'iston o'yinini rossiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi
Og'abek Samisov
14 noya 2022, 22:25
16 noyabr sanasida bo'lib o'tadigan O'zbekiston va Qozog'iston terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda ishlaydigan hakamlar nomi ma'lum bo'ldi.
Uchrashuvda bosh hakam vazifasi rossiyalik Sergey Karasyovga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda hamyurtlari Igor Demeshko va Maksim Gavrilin yordam beradi.
Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv Paxtakor stadionida soat 18:00 da start oladi.