O'zbekiston va Gana terma jamoalari Namanganga qachon boradi?

Narzulla Saydullayev
24 mar 2021, 12:37
Xabaringiz bor, 26 mart kuni Namanganda O'zbekiston - Gana uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Ertaga, 25 mart kuni ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani va o'yin oldi mashg'ulot Toshkentda bo'lib o'tadi. Jamoalar 26 mart kuni tongda charter reys bilan Namanganga uchib borishadi va o'yinni o'tkazib yana shu reys bilan ortga qaytishadi. 

O'yin soat 18:00da Namangandagi "Markaziy" stadionda boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia