O'zbekiston U17 – Marokash U17. O'smirlarimiz qarshisida birinchi bor Afrika jamoasi

Narzulla Saydullayev
20 okt 2013, 12:43
Ertaga BAAda bo'lib o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatining 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Marokash uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Marokash O'zbekiston duch keladigan birinchi Afrika qitasi vakilidir. Bu degani o'zbeklar uchun, bu musobaqada ettitagina o'yinda 6 qita vakillariga qarshi o'ynash demakdir. Bu jamoalar avval hech ham bir-birlariga ro'baro kelishmagan.

O'zbekiston o'smirlari shu kungacha Okeaniya (Yangi Zelandiya), Shimoliy Amerika (AQSH va Panama), Yevropa (Chexiya), Osiyo (Avstraliya), Janubiy Amerika (Urugvay) jamoalariga qarshi o'ynab ko'rgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U17 – Marokash U17 uchrashuvi 21 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi. 


Nodirxo'ja Yuldashev
Dubay

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia