O'zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo chempionatida ishtirok etadigan yakuniy tarkibi ma'lum

Оқил Абдубарноев
28 may 2022, 11:09
O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionati uchun yakuniy tarkibini e'lon qildi.

Timur Kapadze qita musobaqasiga 23 nafar futbolchidan iborat tarkibni shakllantirdi. Yig'inga jalb etilganlardan Shukron Yo'ldoshev, Shahzod Toirov, Sunnatilloh Hamidjonov, Davron Anvarov, Farruxbek Muxtorov, Temur Mamasidiqov va Muhammadali G'iyosov kabi futbolchilar yakuniy tarkibga kiritilmadi. Demak, yakuniy tarkib quyidagicha:


Darvozabonlar: 1.Abduvohid Ne'matov ("Nasaf"), 12.Vladimir Nazarov ("Olimpik"), 21.Hamidullo Abdunabiev ("Olimpik").

Himoyachilar: 2.Saidazamat Mirsaidov ("Olimpik"), 3.Dostonbek Tursunov ("Olimpik"), 4.Abubakr Rizo Turdialiev ("Olimpik"), 5.Muhammadqodir Hamraliev ("Olimpik"), 6.Ibrohihalil Yo'ldoshev ("Nijniy Novgorod", Rossiya), 13.Eldorbek Begimov ("Olimpik"), 15.Odilbek Abdumajidov ("Ordabasi", Qozog'iston), 16.Alibek Davronov ("Nasaf"), 18.Abubakir Ashurov ("Paxtakor").

Yarim himoyachilar: 7.Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), 8.Ibrohim Ibragimov ("Metallurg"), 9.Ulug'bek Hoshimov ("Neftchi"), 10.Jasurbek Jaloliddinov ("Qayrat", Qozog'iston), 14.Abbosbek Fayzullaev ("Paxtakor"), 17.Diyor Holmatov ("Paxtakor"), 23.Abdurauf Bo'riev ("Olimpik").

Hujumchilar: 11.Otabek Jo'raqo'ziev ("Olimpik"), 19.Ruslanbek Jiyanov ("Olimpik"), 20.Husayn Norchaev ("Nasaf"), 22.Alisher Odilov ("Olimpik").

Bosh murabbiy: Timur Kapadze

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia