O'zbekiston U-23 terma jamoasining Parij Olimpiadasida ishtirok etuvchi yakuniy tarkibi e'lon qilindi

Оқил Абдубарноев
9 iyul 2024, 22:44
"Oq bo'rilar" Olimpiadadagi ishtirokini 24 iyul kuni Ispaniyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

O'zbekiston U-23 terma jamoasining Parij Olimpiadasida ishtirok etuvchi 22 nafar futbolchi e'lon qilindi.

Jarohati sababli Alibek Davronov mazkur ro'yxatdan tushib qoldi.

Eslatib o'tamiz, to'rt nafar futbolchi zaxira tarkibdan joy oladi. Agar asosiy 18 nafar futbolchidan biri jarohat oladigan bo'lsa, ulardan biri safga qo'shilishi mumkin bo'ladi.

Timur Kapadze shogirdlari Olimpiadadagi ishtirokini 24 iyul kuni Ispaniyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: UFA