Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyda yig'in o'tkazadi.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, 1995-1997 yillarda tug'ilgan futbolchilardan tashkil topgan terma jamoamiz 7 noyabr kuni Xitoyga uchib ketadi. Biroq tarkibga qaysi futbolchilar jalb qilingani va Xitoyda qaysi jamoaga qarshi o'ynashimiz ma'lum emas.