O'zbekiston U-23 terma jamoasi Toshkentda yig'in o'tkazmoqda

Narzulla Saydullayev
8 dek 2019, 14:52
Kelasi yilning 8-26 yanvar kunlari Tailand yashil maydonlarida U-23 Osiyo chempionati final bosqichi bo'lib o'tadi.

Unda Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ayni paytda olimpiya terma jamoamiz mazkur musobaqaga jiddiy hozirlik jarayonini davom ettirmoqda.

Olimpiyachilarimiz har oy yig'in tashkil etib, xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda. Dekabrda esa O'zbekiston olimpiya terma jamoasi qita chempionatiga hozirlik jarayonining yakuniy bosqichini o'tkazadi.

Kechadan olimpiyachilarimiz yakuniy yig'inga kirishdi. Mashg'ulotlar 16 dekabr sanasiga qadar Toshkentda davom etadi. So'ngra terma jamoamiz BAAga yo'l oladi va Dubayda mashg'ulotlar, shuningdek, nazorat o'yinlari o'tkazadi.

Oldinroq ushbu yig'inda ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxati e'lon qilingandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz