O'zbekiston U-23 terma jamoasi Lobanovskiy xotira turnirida ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
7 may 2021, 20:12
26-29 may kunlari Ukrainaning poytaxti Kiev shahrida marhum murabbiy Valeriy Lobanovskiy xotira turniri o'tkaziladi.

Musobaqada Ukraina, Ozarbayjon, Tunis va O'zbekiston yoshlar terma jamoalari ishtirok etadi.

Musobaqa 26 may kuni yarim final bahslari bilan boshlanadi.

Qur'aga ko'ra O'zbekiston yarim finalni 26 may kuni "Obolon-Arena" stadionida Tunisga qarshi o'tkazadi. Shu kuni Bannikov nomidagi maydonda Ukraina - Ozarbayjon uchrashuvi bo'lib o'tadi.

3-o'rin uchun bahs va final 28 may kuniga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia