O'zbekiston U-23 o'rtoqlik uchrashuvida Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berdi

Omonjon To`xtamirzayev
25 mar 2025, 15:10
O'zbekiston U-23 terma jamoasi xalqaro o'rtoqlik turniri doirasida Koreya Respublikasiga qarshi maydonga tushdi.

Mazkur bahs raqib jamoaning g'alabasi bilan yakunlandi.

Terma jamoamizning goliga Rustam Turdimurodov mualliflik qildi.

Natijada, ushbu uchrashuvdan keyin O'zbekiston hisobida 2 ochkoligicha qoldi. Ochkolari sonini 4taga etkazgan koreyslar jadvalda terma jamoamizni quvib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq O'zbekiston terma jamoasi Vetnam bilan durang o'ynagan edi. 

O'zbekiston 1:3 Koreya Respublikasi

O'zbekiston U-23 - 12.Otabek Boymurodov, 2.Izzatillo Po'latov, 3.Otabek Ahadov, 6.Jahongir O'rozov, 7.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 10.Behruz Asqarov (s), 15.Diyor Ortiqboev, 16.Asadbek Rahimjonov, 17.Nodir Abdurazzakov, 20.Mahmud Mahamadjonov, 22. Hislat Xalilov
Zaxira: Sayyotov, Nemanov, Abdumajidov, Utamurodov, Ahrorov, Mustafoqulov, Soyipov, To'pliev, Rahmatullaev, Ro'ziev, Mavlonqulov, Turdimurodov.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: UFA