O'zbekiston U-22 terma jamoasi 12-19 noyabr kunlari BAAda yig'in o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
4 noya 2014, 14:17
Shuhrat Maqsudov qo'l ostidagi O'zbekiston U-22 terma jamoasi 12-19 noyabr kunlari BAAda o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazadi.
Avvalroq, O'zbekiston U-22 terma jamoasi 12-19 noyabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida yig'in o'tkazishi, shuningdek, u yerdagi xalqaro musobaqada ishtirok etishi haqida xabar berilgan edi.

Biroq, musobaqa tashkilotchilari ishtirokchilar ro'yxatini qatiy tasdiqlay olmaganliklari, musobaqada ishtirok etishi mumkin bo'lgan jamoalarning saviyasi murabbiylar shtabini qoniqtirmagani sababli, O'FF Terma jamoalar markazi BAAdan tushgan taklifni qabul qildi.

Yangi reja bo'yicha, Shuhrat Maqsudov qo'l ostidagi terma jamoa 12-19 noyabr kunlari BAAda o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil etadi va yig'in davomida BAA, Bahrayn va Albaniya U-22 terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Rejaga ko'ra, Maqsudov shogirdlari dastlab 14 noyabr kuni Albaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushsa, 16 noyabr kuni Bahrayn, 18 noyabr kuni esa BAA yoshlar terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi.

O'zbekiston U-22 terma jamoasining BAAdagi yig'inida ishtirok etadigan tarkibi haqida keyinroq ma'lumot beriladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com