O'zbekiston (U-22) Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinoldi mashg'ulotni o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
15 yanv 2014, 22:23
O'zbekiston U-22 terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinoldi mashg'ulotini "Sulton Qobus" stadioni mashg'ulot maydonida o'tkazdi.
Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.

Iroqqa qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilar alohida, zaxirada qolganlar alohida dastur bo'yicha shug'ullanishdi.

O'zbekiston U-22 terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi guruh bosqichidagi hal qiluvchi o'yinga tayyor.

O'zbekiston U-22 terma jamoasi a'zolari ayni vaqtda nazariy mashg'ulotlarda - o'tgan o'yin tahlil qilinmoqda, bo'lajak raqib o'rganilmoqda.

O'FF matbuot xizmati.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia