O'zbekiston U-20 termasi ikkinchi o'yinda Slovakiya darvozasiga to'rtta gol urdi

Sherzod Nurmatov
27 sen 2022, 17:55
O'zbekiston U-20 terma jamoasining slovakiyaliklarga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Jar" stadionidagi bahs soat 16:00 da boshlandi.

Uchrashuvning ilk daqiqasida Jabborovning to'p uzatishidan keyin Abbos Fayzullaev hisobni ochdi – 1:0.  Bahsning 20-daqiqasida Fayzullaevning to'p uzatishidan keyin endi Shahriyor Jabborov gol urdi - 2:0. 

67-daqiqaga kelib hisob yirik ko'rinish oldi. Xoldorxonovning pasidan keyin Umarali Rahmonaliev raqib darvozasini ishg'ol qildi - 3:0. 

73-daqiqada Timotey Jambor penaltidan gol urib, hisobni qisqartirdi  – 3:1. 

Bahsning so'nggi daqiqasida Abdurazzoqovning to'p uzatishidan keyin Zafarmurod Abdirahmatov to'rtinchi golni Slovakiya darvozasiga yo'lladi - 4:1.



Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi

O'zbekiston U-20 - Slovakiya U-20 - 4:1

"Jar" stadioni. 16.00

Gollar: 

Abbos Fayzullaev 1, - 1:0 (Shahriyor Jabborov),

Shahriyor Jabborov 20, - 2:0 (Abbos Fayzullaev)

Umarali Rahmonaliev 67, - 3:0 (Po'latxo'ja Xoldorxonov) 

Zafarmurod Abdurahmatov 90, - 4:1 (Nodirbek Abdurazzoqov).

– 

Timotey Jambor 73 penalti, - 3:1.


O'zbekiston: 21.Humoyunshoh Sayyotov, 2.Izatillo Po'latov, 3.Saidafzalxon Axrorov, 6.Jahongir O'razov, 7.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 8.Behruz Asqarov, 10.Umarali Rahmonaliev, 11.Shahriyor Jabborov, 14.Abbos Fayzullaev, 15.Abduqodir Husanov, 16.Umidjon Sultonov

Zaxira: 21.Otabek Boymurodov, 4.Abubakir Ashurov, 12.Asror Kenjaev, 5.Diyorbek Ortiqboev, 9.Shahzod Nematjonov, 13.Zafar Hakimov, 18.Asad Jo'raboev, 22.Sherzod Esanov, 23.Rian Islamov, 17.Nodirbek Abdurazzoqov, 19.Zafarmurod Abdirahmatov, 20.Mahmud Mahamadjonov.

Slovakiya: 12.Adam Danko, 3.Jakub Luka, 4.Adrian Lehocki, 7.Balint Chshoka, 9.Marek Svech, 11.Lukas Demitra, 14.Mate Szolgai, 16.Jakub Rakita, 18.Nikolas Shikula, 19.Samuel Kopasek, 20.Gabriel Halabrin

Zaxira: 1.Filip Balaz, 2.Marek Michak, 6.Martin Oravech, 8.Filip Bobrovski, 17.Branislav Spachil, 10.Timotey Jambor, 13.Marek Ujlaki



Eslatib o'tamiz, 24 sentyabrda bo'lib o'tgan uchrashuvda Ravshan Haydarov qo'l ostidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi Po'latxo'ja Xoldorhonov hamda Abbos Fayzullaevning gollari evaziga 2:0 hisobida zafar quchgandi.



YANGILASH


O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia