29 iyun, shanba kuni Urugvayga qarshi JCH-2013 guruh bosqichi so'nggi tur uchrashuvidan so'ng, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi guruhda 3-o'rinni band etdi. Qayd etish joiz, Ahmadjon Musaev shogirdlari kamida uchinchi o'rin bilan pley-offga chiqib bo'lganliklari 3-tur doirasida 28 iyun kuni o'tkazilgan o'yinlardan so'ng ma'lum bo'lib ulgurgandi.
Guruhlarda 3-o'rinlarni egallagan terma jamoalar reytingiga ko'ra, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 2-pog'onadan joy oldi. Bu esa, taqvimga ko'ra, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 2 iyul, seshanba kuni Gaziantep shahrida D guruhi g'olibi Gretsiya yoshlar terma jamoasiga qarshi to'p surishini bildiradi.
Gretsiya yoshlar terma jamoasi Turkiya davom etayotgan jahon chempionati bahslarida amaldagi Yevropa vice-chempioni maqomida ishtirok etmoqda. Estoniyada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi 2012 yilgi Yevropa chempionatida Kostas Canas shogirdlari jami beshta o'yin o'tkazib (shundan uchtasi – guruh bosqichida), faqat ikki marta va faqat Ispaniya yoshlar terma jamoasiga – dastlab, musobaqa startida, so'ng hal qiluvchi final uchrashuvida mag'lubiyatga uchragan. Ispaniya guruh bosqichi doirasidagi bahsda Gretsiyani birinchi bo'limdagi gollar hisobiga mag'lub etgan bo'lsa (2:1), final uchrashuvida greklar salkam 80 daqiqa himoyada bexato harakat qilishgan. Gretsiya, Yevropa chempionati davomida, Estoniyani 4:1, Portugaliyani 3:2, yarim finalda esa, qo'shimcha vaqtlarda Angliyani 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan.
Gretsiya yoshlar terma jamoasining jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki ham kutilmagan voqea sifatida baholanmoqda. Xususan, Meksikaga qarshi guruh bosqichi 1-tur uchrashuvida greklar 2:1 hisobida g'alaba qozonib, o'ziga xos sensaciya egasiga aylanishdi. Guruhdagi keyingi ikki o'yinda – Paragvay (1:1) va Mali (0:0) bilan o'yinlarda durang qayd etildi. Canas shogirdlari, ko'rsatkichlari Paragvayniki bilan teng bo'lib qolgani sabab, qur'a natijasiga ko'ra, besh ochko bilan D guruhida birinchi o'rinni egalladi.
Shunday qilib, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 2 iyul, seshanba kuni, Gaziantep shahridagi Komil O'jak nomli stadionda, Toshkent vaqti bilan 20:00da Gretsiya terma jamoasiga qarshi o'yinni boshlaydi. Ushbu juftlik g'olibi chorak final bosqichida 6 iyul kuni Rize shahrida Fransiya – Turkiya juftligi g'olibiga qarshi maydonga tushadi.