O'zbekiston (U-16) - Yaman (U-16) uchrashuvidan fotogalereya

Narzulla Saydullayev
30 sen 2013
Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Toshkentda bo'lib o'tgan U-16 OCH-2014 saralash o'yinlarini muvaffaqiyatli yakunladi va kelasi yili Tailandda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanma oldi.
25-29 sentyabr kunlari Toshkentda bo'lib o'tgan OCH-2014 saralash bahslari o'z yakuniga etdi. O'tkazilgan ikki uchrashuvda ham o'z raqiblarini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratgan O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi kelasi yili Tailand mamlakatida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati bahslariga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Temur Olimxo'jaev shogirdlari 29 sentyabr kuni Jar stadionida Yaman o'smirlar terma jamoasini yirik - 4:0 hisobida mag'lubiyatga uratdi.

Quyida O'zbekiston hamda Yaman o'smirlar terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin. Suratlar muallifi O'FF matbuot xizmati xodimi Hasan Pirmuhamedov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com