Shu yilning 6-20 sentyabr kunlari Tailandda o'tkaziladigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo Chempionati final bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 14-20 avgust kunlari Toshkentda o'zining navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazdi.
Mazkur yig'in davomidagi so'nggi nazorat uchrashuvi kecha Bunyodkor klubi akademiyasiga tegishli stadionida bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Toshkentning Bunyodkor-2 jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan o'yin Bunyodkor yoshlarining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.
Elatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 o'smirlari Osiyo Chempionatiga jo'nab ketish oldidan 24-31 avgust kunlari Malayziyada yig'in o'tkazadi. Mazkur yig'in davomida esa, 26 va 28 avgust kunlari Malayziya U-16 o'smirlar termasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Malayziyadagi yig'in yakuniga etgach, terma jamoa Osiyo Chempionatida ishtirok etish uchun u yerdan to'g'ri Tailandga yo'l oladi.
Eslatib o'tamiz, Tailandda bo'lib o'tadigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati 6-20 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi. Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi musobaqaning guruh bosqichida Nepal, Kuvayt va KXDR o'smirlar terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.