O'zbekiston U-16 terma jamoasi Xitoydagi turnirda qatnashadi

Sherzod Nurmatov
17 iyun 2025
Sergey Chigodaev boshqaruvidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi iyul oyida Xitoyning Shenyang shahrida xalqaro o'rtoqlik turnirida ishtirok etadi.

O'zbekistonlik o'smirlar musobaqada Koreya Respublikasi, Xitoy va Yaponiyaga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushadi.

U-16 terma jamoasi 16 iyundan Toshkent viloyatida yig'in boshlagandi.

Avvalroq Sergey Chigodaev shogirdlari CAFA U-17 Championship musobaqasi finalida Tojikistonga imkoniyatni boy bergan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати