O'zbekiston U-16 terma jamoasi bugun Chernogoriya bilan o'ynaydi

Iskandarov Abdulaziz
18 sen 2025, 10:45
Sergey Chigodaev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi Chernogoriyada o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib bormoqda.

O'smirlarimiz bugun mazkur yig'in doirasidagi ilk o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. O'yin soat 19:30da boshlanadi. 

Ma'lumot uchun, vakillarimiz chernogoriyalik tengqurlariga qarshi navbatdagi uchrashuvini 20 sentyabr kuni o'tkazadi. Bundan tashqari 23 va 25 sentyabr kunlari Vengriya bilan kuch sinashishi ko'zda tutilgan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати