O'zbekiston (U-16) o'smirlar terma jamoasi Ummonni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2014, 08:19
O'zbekiston (U-16) o'smirlar terma jamoasi Toshkentdagi “Jar” stadionida Ummon (U-16) o'smirlar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvning har bir bo'limida bittadan gol kiritgan O'zbekiston U-16 o'smirlari yakunda ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi. O'yindagi har ikkala golga Kenjaboev Islom mualliflik qildi. Dastlab, o'yinning birinchi bo'limi 35-daqiqasida Islom Kenjaboev qanotdan oshirilgan to'pni raqib darvozasiga yo'llab hisobni ochdi.

89-daqiqada Kenjaboev qanotdan oshirilgan to'pni boshi bilan yo'llab, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. Ushbu hisob o'yin yakuniga qadar o'zgarmadi va Aleksandr Mochinov shogirdlari ilk o'yinda 2:0 hisobida g'alaba qozondilar.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Ummon o'smirlar terma jamoalari 11 iyul, juma kuni o'zaro ikkinchi bor o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadilar. Uchrashuv soat 18:30da “Jar” stadionida boshlanadi.

O'rtoqlik uchrashuvi.

 Toshkent, JAR stadioni. 9 iyul.

O'ZBEKISTON U-16 – UMMON U-16 2:0

Gollar:
Islom Kenjaboev 35, 89.

Amalga oshirilmagan penalti: Suhrob Nurulloev (65).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com