O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Toshkentda navbatdagi yig'inini boshladi

Narzulla Saydullayev
14 avg 2014, 11:21
O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 14 avgust kuni Toshkentda o'zining navbatdagi yig'inini boshladi.
Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Toshkentda 20 avgust kuniga qadar yig'in o'tkazadi. Terma jamoa bosh murabbiyi mazkur yig'inda terma jamoaning Osiyo Chempionatiga boradigan yakuniy tarkibini aniqlab olishni rejalashtirgan.

Elatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 o'smirlari Osiyo Chempionatiga jo'nab ketish oldidan 24-31 avgust kunlari Malayziyada yig'in o'tkazadi. Mazkur yig'in davomida esa, 26 va 28 avgust kunlari Malayziya U-16 o'smirlar termasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Malayziyadagi yig'in yakuniga etgach, terma jamoa  Osiyo Chempionatida ishtirok etish uchun u yerdan to'g'ri Tailandga yo'l oladi.

Eslatib o'tamiz, Tailandda bo'lib o'tadigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati 6-20 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi. Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi musobaqaning guruh bosqichida Nepal, Kuvayt va KXDR o'smirlar terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.

U-16 Osiyo Chempionati.
Bangkok, Tailand. 6-20 sentyabr
S guruhi.
O'zbekiston
Nepal
Kuvayt
KXDR

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com