O'zbekiston U-15 terma jamoasi CAFA CUP–2017 musobaqasida ishtirok etadi

Aslanov Jasurbek
19 iyun 2017, 10:33
O'zbekiston U-15 terma jamoasi shu yilning 2–10 iyul kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o'tkaziladigan Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasining CAFA CUP–2017 turnirida ishtirok etadi.

Musobaqada O'zbekiston o'smirlar termasi bilan birgalikda Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston va Eron U-15 terma jamoalari ishtirok etadi.

Quyida turnir taqvimi bilan tanishing:

U-15 CAFA CUP–2017
Tojikiston, Dushanbe
2–10 iyul, 2017 yil

2 iyul, yakshanba

17:00  Eron – Turkmaniston 
18:00  O'zbekiston – Afg'oniston
20:00  Tojikiston – Qirg'iziston

4 iyul, seshanba

17:00  O'zbekiston – Eron 
18:00 Turkmaniston – Qirg'iziston 
20:00 Afg'oniston – Tojikiston

6 iyul, payshanba

17:00  Qirg'iziston – O'zbekiston 
18:00  Eron – Afg'oniston 
20:00  Tojikiston – Turkmaniston

8 iyul, shanba

17:00  Eron – Qirg'iziston 
18:00  Afg'oniston – Turkmaniston
20:00  O'zbekiston – Tojikiston

10 iyul, dushanba

17:00  Turkmaniston – O'zbekiston
18:00  Qirg'iziston – Afg'oniston 
20:00  Tojikiston – Eron

Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan

Avvalroq O'zbekiston U-15 termasi 13–17 iyul kunlari Xitoydagi xalqaro musobaqada ishtirok etishi haqida xabar berilgandi. Turnirlar orasidagi taqvim tig'iz bo'lgani sababli, O'zbekiston o'smirlar termasi ikkiga bo'linadi. U-15 CAFA CUP–2017 musobaqasiga futbolchilarni Aleksandr Mochinov tayyorlaydi va ular bilan Tojikistonga yo'l oladi. Dilshod Nuraliev esa shogirdlarini Xitoydagi turnirga olib boradi. 

Mazkur musobaqa O'zbekiston o'smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com