O'zbekiston U-14 terma jamoasi 4-11 sentyabr kunlari xalqaro musobaqada ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
26 avg 2018, 19:08
Azamat Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-14 terma jamoamiz a'zolari 29 avgustdan 2 sentyabr kuniga qadar “Chig'atoy” sport bazasida yig'inda ishtirok etadi.

Yig'in davomida bosh murabbiy tomonidan terma jamoaga nomzod futbolchilarning navbatdagi o'yinlarga qay darajada tayyorligi nazoratdan o'tkaziladi.

Yig'in nihoyasiga etgach terma jamoa a'zolari Xitoyning Uxan shahriga jo'nab ketadi. Uxanda tashkil etilayotgan xalqaro musobaqada terma jamoamiz “A” guruhida ishtirok etadi. Guruhda O'zbekistonga Yaponiya, Tailand va Vetnam terma jamoalari raqiblik qilishadi.

Quyida o'tkaziladigan o'yinlarning sanalari bilan tanishishingiz mumkin:
 
4 sentyabr soat 20:00*
Yaponiya – O'zbekiston
 
5 sentyabr soat 20:00
O'zbekiston – Tailand
 
7 sentyabr soat 20:00
O'zbekiston - Vetnam
 
*O'yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz