O'zbekiston Turkiyada "Zob Ohan"ga yutqazdi

19 iyul 2017, 23:19
Turkiyada yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston terma jamoasi bugun nazorat o'yini doirasida Eronning "Zob Ohan" klubiga qarshi kuch sinashdi.


Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi "Zob Ohan" bilan bo'lgan uchrashuvda 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

Uchrashuv tafsilotlari haqida keyinroq batafsil ma'lumot beramiz.

Birinchi taymda darvozada Ignatiy Nesterov turgan. Tanaffusdan keyin esa Lobanov darvozani qo'riqlagan. "Zob Ohan" klubining instagramdagi sahifasida uchrashuvdan olingan surat joylangan.

"Zob Ohan" jamoasi g'alaba golini ikkinchi taymda kiritgan.

Lobanovning qo'pol xatosidan keyin kiritilgan golni "Instagram"dagi sahifamizda yoki "Telegram"dagi kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.

"Championat.asia"ning Telegramdagi rasmiy kanaliga obuna bo'lish:@Championatasia

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia