O'zbekiston termasining AQSH va Meksikaga qarshi o'yinlar uchun tarkibi ma'lum

Omonjon To`xtamirzayev
1 sen 2023, 16:29
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyidagi FIFA kunlarida AQSH va Meksikaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Bosh murabbiy Srechko Katanets tomonidan mazkur o'yinlarga jalb etilgan futbolchilarning ro'yxati bilan tanishing.

Eslatib o'tamiz, milliy termamiz 4 sentyabr kuni yig'inga kirishadi.


O'zbekiston terma jamoasining bo'lajak bahslar uchun tarkibi:

Darvozabonlar: Umidjon Ergashev, Botirali Ergashev, O'tkir Yusupov;

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov, Farruh Sayfiev, Husniddin Aliqulov, Hojiakbar Alijonov, Umarbek Eshmurodov, Abdulla Abdullaev, Sherzod Nasrullaev, Dilshod Saitov, Shaxzod Azmiddinov;

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov, Aziz G'aniev, Otabek Shukurov, Aziz Turg'unboev, Akmal Mozgovoy, Jamshid Iskanderov, Jaloliddin Masharipov, Oston O'runov;

Hujumchilar: Jasur Yaxshiboev, Eldor Shomurodov, Bobir Abdiholiqov. 

Bosh murabbiy: Srechko Katanets.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Ўзбекистон Футбол Ассоциацияси