O'zbekiston termasi asosiy o'yinchilaridan biri jarohat sabab milliy jamoa lagerini tark etdi

Administrator
19 mar 2025, 21:20
Bu haqidagi ilk xavotirlar kecha ma'lum qilingandi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Oston O'runov terma jamoa lagerini tark etdi. Terma jamoamiz asosiy o'yinchilaridan biri Qirg'iz Respublikasi va Eronga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi. Bunga futbolchidagi jarohat sabab bo'lgan. Oston O'runovning o'rniga terma jamoa yig'iniga Hojimat Erkinov qo'shildi. 

Kecha Championat.asia sayti Oston O'runov mashg'ulot payti o'zida noqulaylik sezgani haqida xabar bergandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia