O'zbekiston terma jamoasi Xitoyga jo'nab ketdi

Narzulla Saydullayev
4 iyun 2013, 13:32
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 4 iyun kuni tongda Xitoy poytaxti Pekin shahriga uchib ketdi.
Milliy terma jamoa delegaciya a'zolari ayni damda Pekinga yetib bordi va tushdan keyin mashg'ulotlarga kirishadi. Xabaringiz bor, Qosimov shogirdlari 6 iyun kuni Xitoyning Xaxxot shahrida Xitoy milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. 8 iyun kuni esa, O'zbekiston milliy terma jamoasi Pekindan Janubiy Koreya poyxtaxti Seul shahriga uchib ketadi. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston 11 iyun kuni Seulda JCH-2014 saralashi 9-turi doirasida Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o'ynaydi.

Takidlash joiz, Qosimov Xitoy va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi o'yinlar oldidan terma jamoaga jami 23 nafar futbolchini jalb etgan. Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuv yakuniga etgach, milliy terma jamoa delegaciyasi 12 iyun kuni Toshkentga qaytadi.

Ma'lumot o'rnida, ayni damda saralashning A guruhida 11 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi 18 iyun kuni Toshkentda saralashning so'nggi turida Qatar terma jamoasini qabul qiladi.

Eslatib o'tamiz, 4 iyun kuni A guruhida 8-tur uchrashuvlari o'tkaziladi va unda Janubiy Koreya terma jamoasi Livanga qarshi safar uchrashuvini o'tkazsa, Qatar o'z maydonida Eron terma jamoasini qabul qiladi. O'zbekiston milliy terma jamoasi mazkur turda dam oladi.

4 iyun. JCH-2014 saralash. 8-tur.

A guruhi
Qatar - Eron
Livan - Janubiy Koreya

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com