O'zbekiston terma jamoasining taxminiy tarkibi - Shahboz Beg'amov

13 okt 2018, 13:38
Saytimiz xodimi Shahboz Beg'amov o'zining telegramdagi kanalida O'zbekiston terma jamoasining KXDRga qarshi o'yinda tushishi mumkin bo'lgan taxminiy tarkibini yozdi.

Mashg'ulotlardagi kuzatuv natijasiga ko'ra, taxminim shunday: Ignatiy Nesterov - Akmal Shorahmedov, Egor Krimec, Anzur Ismoilov, Oleg Zoteev - Aziz Haydarov, Otabek Shukurov - Odil Ahmedov, Eldor Shomurodov, Doston Hamdamov - Marat Bikmaev.

Bu shunchaki mashg'ulotlarda ko'proq birga shug'ullangan va asosiyda tushish ehtimoli yuqori bo'lgan futbolchilar. Mazkur tarkibda jamoa kerak paytda 4-2-3-1 sxemani 4-3-3ga ham aylantirishi mumkin",- deb yozadi Shahboz Beg'amov o'zining telegramdagi kanalida.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia