

Reytingdagi eng katta o'zgarishlar Afrika Kubogi yakunlariga ko'ra sodir bo'ldi. Musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan Marokash 11-o'rindan 8-o'ringa ko'tarilib, kuchli o'ntalikka kirib oldi. Afrika chempioniga aylangan Senegal esa naq 7 pog'ona yuqorilab, 12-o'rinni egallab turibdi.
Reytingning TOP-10 jamoasi:
1.Ispaniya
2.Argentina
3.Fransiya
4.Angliya
5.Braziliya
6.Portugaliya
7.Niderlandiya
8.Marokash (+3)
9.Belgiya (-1)
10.Germaniya (-1)
O'zbekiston terma jamoasi borasida to'xtaladigan bo'lsak, Fabio Kannavaro boshchiligidagi "oq bo'rilar" bu oyda ikki pog'ona pastladi va ayni damda 52 o'rinni egallab turibdi.
Osiyo terma jamoalari (TOP 10):
19.Yaponiya
20.Eron
22.Janubiy Koreya
27.Avstraliya
52.O'zbekiston
56.Qatar
58.Iroq
61.Saudiya Arabistoni
64.Iordaniya
68.BAA



