O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'ulotidan 44ta rasm

Narzulla Saydullayev
7 okt 2019
O'zbekiston milliy terma jamoasining 7 oktyabr kungi mashg'ulotidan fotogalereyani tomosha qiling.

Kecha terma jamoamiz olimpiyachilarimiz bilan nazorat uchrashuvi o'tkazgani bois asosan tiklanish mashqlarini bajardi. Vadim Abramov terma jamoa ixtiyorida bo'lib turgan va 5 kun birga mashg'ulotlarda ishtirok etgan Hamrobekov, Yaxshiboev, O'runov va Ahmadalievga javob berib yubordi. 

Bugun milliy jamoa tarkibida "Bunyodkor" qanot himoyachisi Sanjar Qodirqulov paydo bo'ldi. Terma jamoamiz legionerlari Eldor Shomurodov va Ikrom Aliboev ham yurtimizga yetib kelishdi. Faqat Rossiya va Janubiy Koreya klublarida to'p tepadigan futbolchilarimiz bugun mehmonxonada tiklanish jarayonini o'tkazishdi. Har ikki futbolchi ham ertaga terma jamoa safida maydonda mashg'ulotlarni boshlaydi.


Fotogalereyani saytimizning maxsus bo'lim orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA

foto: Tolibjon Qosimov




Fotogalereyani saytimizning maxsus bo'lim orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA

foto: Tolibjon Qosimov


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia