O'zbekiston terma jamoasi Tailandda ekan. Angliya bilan durang o'ynadik

Narzulla Saydullayev
21 okt 2018, 15:09
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi ayni paytda Tailandda bo'lib turibdi.

Terma jamoamiz u yerda to'rt mamlakat ishtirok etayotgan "Thailand Five 2018" musobaqasida ishtirok etayotgan ekan. Lekin bu haqda hech qanday xabar e'lon qilinmagan edi.

Kecha Bahodir Ahmedov shogirdlari Malayziyani osonlik bilan mag'lub etishdi - 5:0.

Bugun esa jamoamiz Angliya terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi. Takidlash lozimki, Ahmedov shogirdlari 39-daqiqaga kelib hisobni tenglashtirishning uddasidan chiqishdi. Futzal 40 daqiqa davom etishidan ko'pchilikning xabari bo'lsa kerak.

23 oktyabr kuni O'zbekiston Xose Mariya Mendez boshchilik qilayotgan Tailand terma jamoasiga qarshi o'ynaydi.


1-tur
Angliya - Tailand 0:4


Malayziya - O'zbekiston 0:5
Gollar: 
Artur Yunusov 8, 31, Dilmurod Shavkatov 10, Husniddin Nishonov 14, Davron Choriev 34




2-tur
Angliya - O'zbekiston 1:1
Gollar
: Kelvin Dikson 18 - Davron Abdurahmonov 39

14:30 - Malayziya - Tailand



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia