

Bugun, 3 fevral kuni 82 yoshli mutaxassis Moskvaning havaskorlar jamoasi hisoblangan FSHM klubiga katta murabbiy etib tayinlandi.
Nepomnyashhiyning oxirgi ish joyi Kaliningradning "Baltika" klubi bo'lgan edi (2018 yil). Tajribali mutaxassis o'z faoliyati davomida Kamerun va O'zbekiston milliy terma jamoalarini boshqargan. Shuningdek, u Xitoy, Turkiya, Yaponiya va Janubiy Koreya klublarida ham faoliyat yuritgan.



