O'zbekiston terma jamoasi rasmiy mashg'ulot o'tkazdi

Aziz Tukhtamuradov
7 sen 2015, 18:42
Xabaringiz bor, terma jamoamiz ertaga JCH-2018 hamda Osiyo-2019 saralashi doirasida Filippin terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O'zbekiston futbol federatsiyasi rasmiy tvitterining xabar qilishicha, terma jamoamiz ertangi bo'lib o'tadigan muhim o'yin oldidan "Philippines Arena" stadionida rasmiy mashg'ulot o'tkazdi. Xabar qilinishicha, mashg'ulot davomida yomg'ir yog'ib turgan.

Eslatib o'tamiz, o'yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.


Foto: O'FF tvitteri

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia