O'zbekiston terma jamoasi nega 6 noyabr kuni yig'iladi?

Narzulla Saydullayev
20 okt 2020, 17:26
O'zbekiston terma jamoasi noyabr oyidagi yig'inni 6 noyabr kuni boshlashi haqida xabar berilgandi.

Xo'sh, nega terma jamoamiz 12 noyabr kungi o'rtoqlik o'yini uchun 6 noyabrda yig'iladi? Olingan ma'lumotlarga ko'ra, terma jamoamiz aslida 9 noyabr kuni yig'ilmoqchi bo'lgan, biroq futbolchilarni Dubayga uchib ketishdan oldin koronavirus uchun test topshirishlari va uning javobini kutishga 1-2 kun vaqt ketishi bois 6 noyabrda to'planadigan bo'ldi. 

Ma'lumot uchun, FIFA kunlari 9-17 noyabrga belgilangan. BAAda yig'in o'tkazadigan O'zbekiston MTJ 12 noyabr Suriya hamda 17 noyabr Iroq bilan kuch sinashishni rejalashtirib qo'ygan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia