O'zbekiston terma jamoasi Dubaydagi "Roda Al Bustan" mehmonxonasiga joylashdi FOTO

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2019, 15:12
O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari "O'zbekiston Havo yo'llari" milliy aviakompaniyasining 333-reysi bilan uchgan Boing-787 havo kemasida 3 soatu 15 daqiqa parvozdan so'ng Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga yetib keldi.

Parvoz vaqtida havo kemasi komandiri Alisher Sultonov ushbu reysda futbol bo'yicha milliy terma jamoamiz a'zolari ham uchib ketishayotganini e'lon qilib, ekipaj a'zolari nomidan futbolchilarimizga Osiyo Kubogida omad tiladi.

Dubayda havo harorati 23-24 daraja issiq, futbol o'ynash uchun juda qulay ob-havo. Terma jamoamiz delegaciyasini OFK vakillari kutib olishdi. Futbolchilarimiz Dubay shahridagi "Roda Al Bustan" mehmonxonasiga joylashishdi.

Bugun kechqurun mahalliy vaqt bilan soat 18:00da terma jamoamiz a'zolari BAAdagi dastlabki mashg'ulotlarni o'tkazishadi.  


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz