O'zbekiston terma jamoasi a'zosi doping tufayli 2 yilga diskvalifikaciya qilindi

Narzulla Saydullayev
17 okt 2018, 11:49
Futzal bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi a'zosi Irodaxon Turdalieva doping qabul qilgani uchun 24 oy muddatga diskvalifikaciya qilindi.

Turdalievaning diskvalifikaciya muddati 2018 yil 4 iyuldan boshlangan va 2020 yil 3 iyulga qadar davom etadi.

Agar futzalchining organizmidan yana bir marta taqiqlangan modda topilsa bundan ham qattiqroq jazo belgilanadi. Bu haqda www.championat.asia OFK rasmiy saytiga tayanib xabar berdi.

Irodaxon Turdalieva 6-raqamda

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia