

29 may kuni boshlanadigan yig'inda asosan oliy ligada o'ynayotgan futbolchilar va bazi legionerlar ishtirok etishadi. Birinchi yig'inni Rossiya premer-ligasida faoliyat olib borayotgan Vitaliy Denisov va Odil Ahmedov o'tkazib yuborishadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston 7 iyun kuni Avstriyada Kanada terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 2 iyun kuni Toshkentda ham o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan. Faqat hozircha raqib nomi ma'lum emas.



