

Jamoalar o'rtasidagi o'yin 6 iyun, seshanba kuni soat 20:00 da start olishi ko'zda tutilgan. Mazkur bellashuv O'zbekiston termasi uchun Eronga qarshi o'yin oldidan tayyorgarlik vazifasini o'taydi.
O'zbekiston va Tailand o'rtasidagi bahsni stadiondan bevosita yoritishni rejalashtirayotgan OAV vakillari JCH–2018 saralash bosqichi uchun berilgan akkreditatsiya kartochkalari bilan “Bunyodkor” maydonida kirishi mumkin.
Ma'lumot uchun, JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan keyin O'zbekiston 12 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. “B” guruhidagi Tailand esa 7 o'yindan keyin 1 ochko bilan so'nggi, 6-pog'onani band qilib turibdi.




