O'zbekiston - Tailand. Bugun Katanets kimlarni asosiy tarkibga kiritadi?

Narzulla Saydullayev
14 iyun 2022, 12:14
Bugun Osiyo kubogi saralashi doirasidagi so'nggi tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Tailandga qarshi bahsdan oldin championat.asia sayti terma jamoamizning taxminiy tarkibini tuzib chiqdi.

Taxminimizga ko'ra, bugun Katanets 4-2-3-1 taktikasidan foydalanadi. Oldingi ikki o'yindan farqli ravishda asosiy tarkibda Dilshod Saitov, Umar Eshmurodov, Sardor Sobirxo'jaev va Aziz Turg'unboev kabi futbolchilar paydo bo'lishi kutilmoqda.

Championat.asia saytiga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasining Tailandga qarshi o'yin uchun taxminiy tarkibi:

Darvozabon
: O'tkir Yusupov
Himoyachilar: Dilshod Saitov, Umar Eshmurodov, Rustam Ashurmatov, Farruh Sayfiev
Tayanch yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov, Otabek Shukurov
Yarim himoyachilar: Sardor Sobirxo'jaev, Aziz Turg'unboev, Jaloliddin Masharipov
Hujumchi: Eldor Shomurodov
 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Tailand uchrashuvi soat 20:30da boshlandi. 


 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia