O'zbekiston – Suriya o'yinini o'zbekistonlik hakamlar boshqarmaydi

Narzulla Saydullayev
4 sen 2018, 18:29
6 sentyabr kuni Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Ushbu uchrashuvni turkmanistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam Chorimurod Qurbonov. Unga qanotlarda Polvon Polvonov hamda Ahmet Beknazarovlar assistentlik qilishadi.  

Eslatib o'tamiz, o'yinni bevosita stadionda tomosha qilishni istagan muxlislar chiptalarni "Milliy" stadioni kassalaridan xarid qilishlari mumkin. Chiptalar savdosi davom etmoqda.


O'zbekiston - Suriya
6 sentyabr 2018. Toshkent. "Milliy" stadion. 20:00
Bosh hakam:
Chorimurod Qurbonov (Turkmaniston)
Qanot hakamlari: Polvon Polvonov, Ahmet Beknazarov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz