"Nasaf" - O'zbekiston Supyerkubogi sohibi!

Narzulla Saydullayev
29 may 2024, 21:17
O'zbekiston Supyerkubogi doirasidagi "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvi matnli translyatsiyasini kuzatib bordingiz.

O'zbekiston Supyerkubogi
"Paxtakor" – "Nasaf" 1:1
29 may. "Bunyodkor" stadioni. 14140 tomoshabin. 
Bosh hakam:
Aziz Asimov;
Qanot hakamlari: Sanjar Shoyusupov, Alishyer Usmonov;
Zaxira hakami: Abdurashid Xudoybyerganov;
VAR: Ahrol Risqullaev;
AVAR: Andrey Sapenko;
Nazoratchi: Timur Abdullaev;
Komissar: Zohir Akramxonov.

Gollar: Dragan Chyeran (54-pen, 1:0), Sharof Muhiddinov (80, 1:1).

"Paxtakor": 35.Pavel Pavlyuchenko, 2.Behruz Asqarov (15. Diyor Ortiqboev, 86), 3.Shahzod Azmiddinov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 8.Diyor Holmatov, 10.Dragan Chyeran, 17.Dostonbek Hamdamov, 18.Saidumarxon Saidnurullaev, 22.Umar Adhamzoda, 31.Muhammadali Usmonov (99. Husayn Ergashboev, 90+2), 55.Muhammadrasul Abdumajidov.

"Nasaf": 35.Abduvohid Ne'matov, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdiraxmatov (6. Murodjon Rahmatov, 73), 14.Sharof Muhitdinov, 27.Islom Kenjaboev (30. Temur Chogadze, 74), 28.Shuhrat Muhammadiev, 32.Zoran Marushich (10. Bobir Abdixoliqov, 73), 34.Shyerzod Nasrullaev, 70.Jambuli Jigauri (20. Viktor da Silva, 73), 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich (9. Javohir Sidiqov, 83).

Ogohlantirish: Islom Kenjaboev (68).

YANGILASH

"Nasaf" - O'zbekiston Supyerkubogi sohibi!


Syeriya boshlandi.

Muhitdinov - noaniq!

Chyeran - noaniq!

Siddiqov - gol!

Azmiddinov - gol!

Mozgovoy - gol!

Adhamzoda - gol!

Nasrullaev - noaniq!

Hamdamov - gol!

Ne'matov - gol!

Xolmatov - noaniq!

Da Silva - gol!

Hamraliev - noaniq!


90+11. UCHRASHUV YAKUNLAN(MA)DI! Penaltilar syeriyasiga navbat byerilmoqda.

90+10. "Paxtakor" tezkor qarshi hujumga o'tib ketayotganda Asimov hushtak chalib, "Nasaf" foydasiga jarima belgiladi.

90+7. ZARBAAAAAAAAAAA!!! CHYERAAANNNN!!! Ne'matovdan ham supyer seyv!

90+4. ZARBAAAAA!!! Chyeranning o'tkir burchakdan yo'llagan kuchsiz zarbasini Ne'matov ushlab oldi.

90+3. ZARBAAAAAAAAAAAA!!! DA SILVAAAAA!! Nasrullaevning geometriya o'qituvchilariga ham dars byerib yuboradigan pasini braziliyalik futbolchi darvozaga aniq yo'llay olmadi.

O'yinga 8 daqiqa qo'shib byerilgan bir vaqtda maydonda bahsli vaziyat yuzaga keldi. Asimov hozircha aniq poziciyada: penalti yo'q. Va barchasi shundayligicha davom etadigan bo'ldi.

88. ZARBAAAAAAAAA!! "Nasaf" so'nggi daqiqada hisobni o'z tomoniga og'dirib qo'yishi mumkin edi. Vaziyat xavfli zarbagacha yetib bormadi. Qanot hakami offsaydni qayd etdi.

87. Adhamzodaning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

86. Nihoyat, Shackix 86-daqiqaga kelib, o'yinga ta’sir o'tkazishni boshladi. Ortiqboev maydonga tushdi.

83. Sidiqov maydonga tushdi. "Paxtakor"da esa zaxira juda tor.

82. ZARBAAAAAAAAAA!!! Diyor Xolmatovning kuchli zarbasini Ne'matov qiyinchilik bilan qaytarib yubordi.

80. GOL! Sharof Muhiddinovning "pushka"si "Paxtakor" darvozasidan o'rin oldi!

77. UXXXXXX!! Da Silva "Paxtakor" darvozaboniga gol urishning iloji yo'q bo'lgan nuqtadan zarba yo'lladi. To'p to'rning tashqi tomoniga borib tegdi.

76. ZARBAAAAAA!!! Stanoevichning zarbasini Pavlyuchenko osonlik bilan ushlab oldi.

74. "Nasaf" bir yo'la 4 o'zgarish amalga oshirdi. Chogadze, "Pele", Rahmatov va da Silva maydonga tushdi.

72. UXXXXXXXX!!! Dostonbek Hamdamov 99 foizlik imkoniyatni golga aylantira olmadi.

70. "Paxtakor" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pni "Nasaf" futbolchilari qaytarib yuborishdi.

68. Islom Kenjaboev tezkorlik bilan oldinga ketayotgan Umar Adhamzodani yiqitdi va sariq kartochka ishlab oldi.

65. XAVFLI VAZIYATTTT!!! "Nasaf" futbolchilari osonlik bilan "Paxtakor" jarima maydonchasi ichiga yorib kirishdi. Muhammadali Usmonov eng, eng, eng so'nggi vaziyatda to'pni qaytarib yubordi.

63. Xo'sh, VAR ishga tushdi va zarbadan keyin to'p Hamralievning qo'liga tekkani ko'rib chiqildi. Asimov bu yerda hech nima yo'qligini ma'lum qildi.

62. "Nasaf" dahshatli bosim uyushtirmoqda. Ketma-ket uzatmalar, biroq zarbalar darvozagacha yetib bormayapti.

60. Oybek Bozorov jarima maydonchasi ichiga kirib borayotganda hakamning hushtagi tomonidan to'xtatildi. Oybek hujum qilayotganda to'pni qo'li bilan o'ynab yubordi.

58. UXXXXXXXX!!! Nasrullaev qanotdan "Paxtakor" darvozasi yoniga to'pni uzatdi. "Nasaf"ning biror futbolchisi darvozaga zarba byera olmadi. Uzatma xavfli bo'lgandi.

56. Chyeran kreativ pasi orqali Usmonovni birga-bir vaziyatga chiqarmoqchi bo'ldi. Mozgovoy vaziyatni tozaladi.

54. GOL! Chyeran penaltini aniq amalga oshirdi. Ne'matov to'p yo'nalishini topa olmadi.

53. Chyeran to'pni nuqtaga o'rnatmoqda. Chyeran va Ne'matov dueli.

52. PENALTIIIIII!!! ASIMOV "Paxtakor" foydasiga penalti belgiladi. Qo'shimchasiga Chyeranga sariq ko'rsatildi.

51. Asimov bilan birga bir xil narsani hammamiz ko'ryapmizu, barchamizning fikrimiz har xil. Endi Asimovning qarorini kutyapmiz. 3 daqiqadan oshib ketdi.

48. Asimov VAR ko'rishga keldi. Nimalar bo'lyapti!? "Paxtakor" foydasiga penalti byerilishi mumkin.

46. UXXXXX!! Ikkinchi bo'lim "Paxtakor"ning xavfli zarbasi bilan boshlandi. Zarbani Ne'matov ikkinchi urinishda ushlab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Nihoyat, biz kutgandan ko'ra anchagina zyerikarli o'tgan birinchi bo'lim yakunlandi. Hisob ham shunga yarasha, 0:0.

45+2. Chyeran chap qanotdan to'pni "Nasaf" darvozasi yoniga oshirdi. Abdumajidovning zarbasi darvoza to'rining ustiga tushdi.

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib byerildi.

43. Umar Adhamzoda raqib jarima maydonchasi ichiga  yorib kirayotgandi. U to'pni ko'kragida to'xtatgandan keyin to'pni uzoqlashtirib yubordi va xavf yo'qqa chiqdi.

42. AZMIDDINOOOVVVVV!! Zarba anchagina noaniq.

38. ZARBAAAAAAAAAA!!! Muhammadqodir Hamralievning kuchli zarbasini Abduvohid Ne'matov qaytardi. Ikkinchi tempda ham yana bir zarba yo'llandi. Xolmatovning kuchli zarbasi noaniq ketdi.

37. "Paxtakor" hujumga o'tdi. Akmal Mozgovoy hozircha bexato va xotirjam o'ynamoqda.

34. Markoning "pushka"sini ko'rolmadik, balki masofa sal uzoqlik qilgandir. Zarba anchagina noaniq ketdi.

33. Standart vaziyat "Nasaf" foydasiga. Marko Stanoevichning "pushka"si uchun juda zo'r nuqta.

Dastlabki 30 daqiqalikni ko'rib, uxlab qolmaganlar bo'lsa, ko'zni oching) Final uchun bunday o'yin xos desak noto'g'ri bo'lmas.

28. "Paxtakor" standart vaziyatga ega bo'ldi. Uzatma xavfli bo'ldi deyish ham mumkin. Hamraliev zarba byerishga ulgurmadi.

26. Oybek Bozorov o'ng qanotda to'pni egallab turib, shyerigiga oshirmay turdi. Natijada uning o'zidan to'p maydonni tark etdi.

24. Islom Kenjaboev chap qanotdan raqib jarima maydonchasi ichiga kirishga harakat qildi va pas oshirdi. Uzatmani Hamraliev burchakka chiqarib yubordi. Standartdan uzatilgan to'pni toshkentliklar olib ketdi.

22. Sharof Muhiddinovning standartdan yo'llagan kuchli zarbasi Adhamzodaning o'ziga tegib, xavflilik darajasini yo'qotdi.

20. Ana bu xavfli nuqtadan jarima zarbasi. Adhamzoda jarima maydonchasi yonida Jabani yiqitdi.

19. XAVFLI VAZIYAT! Zafarmurod Abdirahmatov o'ng qanotdan darvoza yoniga kuchli pas byerdi. Zarba yo'llaydigan biror shyerigi topilmadi.

17. Ikkala jamoa vakillari ham yuqori o'yin tempini taklif qilishmayapti.

14. Balki buni zarba deyish mumkindir. Abdumajidovning zarbasi osmonga tepilgan bo'lsa-da, darvozaga uzoq bo'lmagan joydan yerga tushdi.

12. "Nasaf" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Marko Stanoevich uzatishda to'pga anchagina aylantirma traektoriya byerdi. Natijada Mozgovoyga bu to'pga zarba byerish noqulaylik qildi.

9. Menimcha Aziz Asimovning kabutar ushlab turgan kadrini barchamiz kutamiz)

8. Markaziy himoyachi rolidagi Akmal Mozgovoy hujumdagi shyerigi Jigauriga to'pni uzatdi. Jaba esa Kenjaboevni to'p bilan taminladi. Yakunda Islom to'pni yo'qotdi. 

7. O'yin tempi men kutgandek. Hozircha tomonlar bir-birini o'rganish bilan bandlar. 

4. Chyeran to'pga tashlanganidan keyin jarohat oldi va maydonda yotganicha qoldi. Ikkinchi epizodda esa Islom Kenjaboevga qarshi fol ishlatildi va Asimovning hushtagi chalindi.

2. Dastlabki daqiqalar "Paxtakor" ustunligida boshlandi. Avvaliga Doston Hamdamov to'pni raqib darvozasi yoniga oshirgandi, keyinchalik zarba ham byerdi. Ikki holatda ham to'p himoyachilar blokidan o'tmadi. 

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!


18:58. Uchrashuv startiga barcha shay! Dastlabki hushtakni barchamiz kutyapmiz. 

18:56. Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

18:55. Bugun ikkala jamoa muxlislari etarlicha yig'ilgan. Ha, ko'p bo'lmasa-da, ular uchun jamoalar albatta, g'alaba uchun o'ynashadi. Chunki futbolchilar butun O'zbekiston ularni kuzatishayotganini tushunib turishibdi.

18:53. Jamoalar stadionga chiqib kelishga shay turishibdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia