O'zbekiston OTJ Ispaniyada yig'in o'tkazadi

Tolibjon Qosimov
1 fev 2019
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida Tokio-2020 olimpiadasiga yo'llanma beruvchi Osiyo chempionati saralashida qatnashishidan xabaringiz bor.

Mana shu musobaqaga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning 14-25 fevral kunlari Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida yig'in o'tkazadi. Mashg'ulotlar "Pinatar arena football center" stadioni maydonida bo'lib o'tadi.

Mazkur yig'in davomida Olimpiya terma jamoamiz bir qator kuchli raqiblarga qarshi nazorat uchrashuvlari o'tkazishi ham rejalashtirilgan.

Ispaniyada o'tkaziladigan yig'inga quyidagi futbolchilarni jalb qilgan:

Darvozabonlar:
Ergashev Umidjon ("Nasaf")
Muhammadjonov Mashhurjon ("Nasaf")
Ziyovutdinov Nizomiddin (AGMK)

Himoyachilar:
Qobilov Islomjon ("Bunyodkor")
Aliqulov Husniddin ("Mashal")
G'ofurov Husniddin ("Neftchi")
Nasrullaev Sherzod ("Nasaf")
Saitov Dilshod ("Nasaf")
Rustamov Oybek ("Qo'qon-1912")

Yarim himoyachilar:
Abdullaev Abdulla ("Bunyodkor")
O'runov Oston ("Navbahor")
Qodirqulov Sanjar ("Bunyodkor")
Muhitdinov Sharof ("Nasaf")
Nurulloev Suhrob ("Metallurg")
Rashidxonov Islom ("Nasaf")
To'xtasinov Nurillo ("So'g'diyona")
Talxatov Dian ("Paxtakor")
Alijonov Ilhomjon ("Nasaf")
Ismailov Abrorbek ("Neftchi")

Hujumchilar:
Abdixoliqov Bobir ("Nasaf")
Amonov Azizbek ("Lokomotiv")
Mirahmadov Mirjahon ("Bunyodkor")


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz