O'zbekiston OTJ a'zolari test sinovlari topshirishdi

Tolibjon Qosimov
5 iyun 2018
Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 4 iyun kunidan boshlab 24 nafar futbolchidan iborat tarkib bilan yig'inga kirishgani haqida kecha xabar bergan edik.

Olimpiyachilarimiz "Chig'atoy" sport bazasida yashab, "Bunyodkor" stadionida mashg'ulot olib bormoqdalar.

Terma jamoamiz vakillarining jismoniy holatini nazoratdan o'tkazish maqsadida bugun O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasining Ilmiy-uslubiy bo'limi xodimlari tomonidan ulardan test sinovlari olindi.

Ravshan Haydarov shogirdlari 6 iyun kuni Toshkentning "Lokomotiv", 7 iyun kuni esa Bekobodning "Metallurg" jamoalari bilan nazorat uchrashuvlari o'tkazishi rejalashtirilgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com