O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining Osiyo chempionatiga boradigan tarkibi ma'lum

Narzulla Saydullayev
4 sen 2016, 17:34
15 sentyabr – 2 oktyabr sanalari davomida Hindistonning Goa shahrida bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichi uchun O'zbekiston U-16 terma jamoasi tarkibi ma'lum.

Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi murabbiylar shtabi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga nomzod futbolchilarni yil davomida o'tkazilgan yig'inlar davomida saralab bordi. Slovakiyada o'tkazilgan yakuniy yig'indan so'ng Olimxo'jaev Osiyo chempionatiga olib boriladigan 22 futbolchi borasida yakuniy qarorga keldi.

Takidlash kerakki, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati final bosqichi uchun tashlangan qur'a natijalariga ko'ra “D” guruhidan o'rin olgan. Ushbu guruhda o'zbekistonliklarga Shimoliy Koreya, Tailand va Yaman o'smirlar terma jamoalari raqib bo'ladi.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining Osiyo chempionati guruh bosqichidagi o'yinlari taqvimi:

17 sentyabr: O'zbekiston – Tailand (19:30)
20 sentyabr: Yaman – O'zbekiston (15:30)
23 sentyabr: KXDR – O'zbekiston (18:30)

*O'yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan


O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining Osiyo chempionati uchun tarkibi:


#      

Amplua

Ism-familiyasi

Klubi

Tug'ilgan joyi    

1

Darvozabon             

Xojiakbar Jo'raev

“Paxtakor”          

Toshkent

2

Darvozabon

Abduvohid Ne'matov           

“Nasaf”

Jizzax

3

Darvozabon

Jasurbek Umirzoqov

“Bunyodkor”

Farg'ona

4

Himoyachi

Mardon Abdullaev

“Bunyodkor”

Navoiy

5

Himoyachi

Islom Karimov

“Bunyodkor”

Denov

6

Himoyachi

Abubakr Mo'ydinov

“Bunyodkor”

Andijon

7

Himoyachi

Xayrullaev Shoxzamon

“Paxtakor”

Yangier

8

Himoyachi

Muhammadali Nomozov

“Paxtakor”

Denov

9

Himoyachi

Ixtiyor Xoldorov

“Bunyodkor”

Chinoz

10 Himoyachi Abdug'ani Komolov “Bunyodkor” Namangan

11

Yarim himoyachi

Xumoyun Abdusattorov

“Bunyodkor”

Qarshi

12

Yarim himoyachi

Burxon Hasanov

ROZK

Buxoro

13

Yarim himoyachi

Nursulton Kuyliboev

“Paxtakor”

Samarqand

14

Yarim himoyachi

Rasul Yo'ldoshev

“Bunyodkor”

Samarqand

15

Yarim himoyachi

Asadbek Sobirjonov

“Paxtakor”

Yangier

16

Yarim himoyachi

Oston O'runov

“Paxtakor”

Navoiy

17

Yarim himoyachi

Baxromjon Soatov

“Paxtakor”

Namangan

18 Yarim himoyachi G'ayrat Azizxo'jaev

“Bunyodkor”

Toshkent

19

Hujumchi

Shuhrat Ne'matov

“Bunyodkor”

Buxoro

20

Hujumchi

Abdulhay Ismoilov

“Bunyodkor”

Namangan

21

Hujumchi

Doniyor Abdumannopov

"UzDongJu"

Andijon

22 Hujumchi Ibrohim G'anixonov "Paxtakor"  Toshkent

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com