

Development Cup nomli musobaqada O'zbekiston o'smirlar termasi Armaniston, Kipr va Makedoniya mamlakatidagi tengdoshlari bilan kuch sinashadi.
Dilshod Nuraliev mazkur musobaqaga 18 futbolchini tanlab oldi. Quyida ular bilan tanishing.
Darvozabonlar: Mo'minrizo Qodirov (“Bunyodkor”), Anvar Nazirov (“Andijon”);
Himoyachilar: Sardor Abdurashidxo'jaev (“Bunyodkor”), Alibek Davronov (“Nasaf”), Miraziz Saidov (“Paxtakor”), Muhammadyusuf Nosirov (“Bunyodkor”), Jasurbek Abdulbekov (“Bunyodkor”), Hurshid Ubaydullaev (“Bunyodkor”), Behzod Ne'matov (“Paxtakor”);
Yarim himoyachilar: Doniyor Sobirov (“Paxtakor”), Mirjalol Qosimov (“Nasaf”), Jaloliddin Sodiqov (“Bunyodkor”), Diyorbek Rahimqulov (“Bunyodkor”), Jasurbek Jaloliddinov (“Bunyodkor”), Mironshoh Sattorov (“Bunyodkor”);
Hujumchilar: Ruslan Ro'ziev (“Paxtakor”), Temur Mamasiddiroq (“Paxtakor”), Igor Chirkizov (“Paxtakor”).
Mazkur uchrashuvlar O'zbekiston o'smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.



