O'zbekiston o'smayaptimi yoki boshqalar chindan futbol o'ynashni o'rganib oldi?

Iskandarov Abdulaziz
29 noya 2022, 23:04
"Mundial studiya"ning bugungi sonida O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev ishtirok etdi.

Saytimiz jurnalisti Jasurbek Aslanov studiya mehmoniga quyidagi savol bilan yuzlandi. 


- O'zbekiston terma jamoasining o'yinlari bazida chiqmay qoladi. Murabbiylar boshqa jamoalar ham futbol o'ynashni o'rganib olganini aytishadi. Bu biz o'smayotganimizdan darakmi yoki ular kuchayganidan?

- Masalan Yevropa mintaqasi juda oldinga o'sib ketgandi. Biz o'z mintaqamizda ham yuqori o'sishga erishganmiz. Mustaqillik yillari, 2000 yillarda qo'shni davlatlarimizdan juda ilgarilib ketganmiz. Amalda ham ko'rilgan. Bugungi kunga kelib qo'shnilarimiz katta oldinga qadam tashladi. Bizda susayish yuzaga kelgani bois avvalgi katta tafovut yo'qqa chiqdi. Albatta aybni o'zimizdan qidirishimiz kerak. Ularning rivojlanishi bizning hisobdan emas, o'zining tanlagan yo'liga bog'liq. 



O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia