

Ushbu yig'inni tashkil qilishdan asosiy maqsad terma jamoaga jalb qilinishi mumkin bo'lgan nomzod futbolchilarning o'yinga funkcional tayyorarligini aniqlash jismoniy holatlarini nazoratdan o'tkazish, futbolchilarning hujum va himoyada bir-birini tushunishlari uchun amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish, jamoaning texnik-taktik harakati hamda pressingdagi kurashuvchanligini sayqallashdan iborat edi.
Turkiyaning Kartepa shahrida bo'lib o'tgan yig'inga “Pepsi” superligasi hamda Pro-ligada ishtirok etayotgan 9 ta klubdan futbolchilar jalb qilindi. Yig'in davomida futbolchilarning nafaqat jismoniy holatlari balki to'g'ri ovqatlanish tartib-qoidalariga qay darajada e'tibor qaratayotganliklari ham nazoratga olindi.
Yig'in davomida bir qator nazorat o'yilari tashkil qilinib, jumladan Ummon U-23 terma jamoasiga qarshi o'yinda futbolchilarimiz 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Yig'in so'ngida murabbiylar shtabi tomonidan har bir futbolchining jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirish uchun individual mashg'ulotlar rejasi ishlab chiqildi.



