O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Turkiyada nazorat o'yini o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
27 fev 2019, 17:36
Ayni paytda Turkiyada yig'inni davom ettirayotgan Olimpiya terma jamoasi a'zolari bugun nazorat o'yinida maydonga tushishdi.

Futbolchilarimiz "Istambul Bashakshehir" klubining U-23 jamoasiga qarshi o'yin o'tkazib, 1:1 hisobida durang qayd etishdi. Terma jamoamiz tarkibida Islom Qobilov penaltidan gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.

Bungacha vakillarimiz Ispaniyadagi yig'inda ishtirok etib, u yerda Shveytsariyaning "Delemon" (2:2) va Gruziyaning "Lokomotiv" (3:2) jamoalariga qarshi ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazishgandi. Turkiyadagi yig'in 3 mart kunigacha davom etishi rejalashtirilgan.
 
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi kelasi yil Taylandda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Saralash bahslari shu yilning 22-26 mart kunlari Toshkentda o'tkazilib, terma jamoamiz a'zolari Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalari bilan kuch sinashishadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz