O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun BAA klubi bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
18 dek 2019, 11:09
Birlashgan Arab Amirliklarida yig'in olib borayotgan olimpiya terma jamoamiz bugun ilk nazorat o'yinini o'tkazadi.

Raqib - BAA 1-divizioni vakili "Al Arabi" klubi bo'ladi. Mazkur klub BAAning Umm al Quvayn amirligi sharafini himoya qiladi.

O'yin "Umm al Quvayn" stadionida o'tkaziladi va mahalliy vaqt bilan soat 16:20da, Toshkent vaqti bilan soat 17:20da start oladi.



O'zbekiston U-23 terma jamoasi ertaga BAAga yo'l oladi va yangi yilni Dubayda kutib oladi (+tarkib)        

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia